Standart” toifasidagi xonalar maydoni 40 kvadrat metr boʻlib, bitta katta ikki kishili va bitta bir kishili karavotlar va sanuzelga ega. Zamonaviy mebel va qulay matraslar tinchlanishga va dam olishdan zavq olishga yordam beradi.
Standart” toifasidagi xonalar maydoni 40 kvadrat metr boʻlib, bitta katta ikki kishili va bitta bir kishili karavotlar va sanuzelga ega. Zamonaviy mebel va qulay matraslar tinchlanishga va dam olishdan zavq olishga yordam beradi.
“Yarim lyuks” toifasidagi xonalar maydoni 45 kvadrat metr boʻlib, bir, ikki va uch kishili joylar hamda sanuzelga ega. Bu qulaylik va atrof dam olishga oʻzgacha hislarni taqdim etadigan eng zoʻr xona. Interyer, mebel, ortopedik matraslar, derazadan ignabargli daraxtlar bogʻiga ajoyib manzara mehmonlarga tinchlanishga va oʻz kuchlarini tiklashga imkon beradi.
50 kvadrat metrli “Lyuks” toifasidagi xonalar taklif qilingan xonalar lineykasida eng zoʻri hisoblanadi. Bu yerda shinamlik, qulaylik va Humson togʻlarida oʻzingizni xuddi uyingizdagidek his qilishingiz uchun barcha imkoniyat yaratilgan. Mazkur toifadagi xonalar bir, ikki va uch kishili joylarni taklif qiladi. Shinam interyer, monumental sharoit, ortopedik matraslar, xonalar kengligi va bogʻga boʻlgan manzara mehmonlarga tinchlanishga va kuchlarini tiklashga yordam beradi.
Kottejlar vaqtni toza havoda oʻtkazishni istagan doʻstlar bilan dam olish yoki oilaviy hordiq uchun ideal mos keladi. Ikkinchi qavatda joylashgan keng terrasa yoki ayvon sizga ajoyib manzaradan bahramand boʻlishga imkon beradi. Bu yerda vaqtingizni ertalabki qahva va choy ichib oʻtkazishingiz, tongi quyoshning mayin nurlaridan bahramand boʻlishingiz va quyosh botishini tomosha qilishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda bizning qiziqarli aksiyalarimizni kuzatib boring.
Bu yerda har bir mehmon oʻzini xuddi uyidagidek his qiladi.
Biz sizni Tyan-Shan togʻlari tabiatiga shoʻngʻishingiz mumkin boʻlgan sogʻlomlashtiruvchi majmuamizga taklif qilamiz.
Humson Buloq — dam olish mana shunday boʻlishi kerak!
Humson Buloq sanatoriy-kurort majmuasi yurak-qon tomir tizimi, nafas olish organlari va tayanch-harakat apparati kasalliklariga ega boʻlgan odamlarni profilaktik davolashga ixtisoslashgan. Majmua fizioterapevtik va gidroterapevtik muolajalarini oʻtkazish uchun yuqori samarali GBO va RMS uskunalari bilan jihozlangan.
Humson Buloq umumiy hisobda 155 nafar mehmon uchun moʻljallangan keng terrasa va ayvonga ega ikki qavatli toʻrtta alohida turuvchi kottejlar va turli toifadagi shinam xonalarga ega toʻrtta qulay korpuslarni taklif qiladi.
2 va 3 avgust kunlari ajoyib qo'shiqchi Dilso'z dam oladi va biz bilan birga konsert beradi. Dilso'zning chiroyli qo'shiqlari bilan vaqt o'tkazing.
Mamnuniyat bilan barcha savollaringizga javob beramiz!