Manzili:
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Humson posyolkasi
Москва и область:
Oʻzbekiston togʻlaridagi sanatoriy-kurort majmuasi
Куз фасли -HUMSON BULOQда
Sanatoriy-kurort majmuasi
Home \ Davolanish \ Ippoterapiya

Ippoterapiya

Ippoterapiya davolovchi muolaja sifatida

 

Ippoterapiya

Ogʻir kasalliklardan keyin tiklanish va koʻplab kasalliklarni davolashda hayvonlardan foydalanish katta yangilik emas. Olim va shifokorlarning ushbu sohadagi uzoq yillik tadqiqotlari odam salomatligi uchun ot, delfin va boshqa jonzotlar bilan qilinadigan mashqlar samarali ekanligini isbotlab berdi.

Ippoterapiya nimani davolaydi?

Ippoterapiyada otlar bilan muloqot va mashq qilish nazarda turiladi, otda yurishga esa odamning jismoniy va ruhiy holatini yaxshilovchi vosita sifatida qaraladi. Undan ruhiy kasalliklarni davolashda, harakatlanish imkoniyatlari buzilishini ippoterapiya qilishda, sezgi aʼzolari shikastlanganida va operatsiyadan keyin tiklanish uchun foydalaniladi. Ushbu jarayondagi muvaffaqiyatni otlar odamning emotsional foniga juda ham taʼsirchan ekanligi bilan bogʻlashadi.

Otda oʻtirgan kishiga taqdim etiladigan birinchi narsa – bu barqarorlikni his qilishdir. Natijada odam oʻz qoʻrquvlaridan xalos boʻladi va yangi doʻstidan ishonishni oʻrganadi. Odam ot ustida oʻtirganida barqarorlikni ushlashga, ravonlik izlashga va u uchun yangi boʻlgan sharoitlarga moslashishga majbur boʻladi.

Natijada odamdagi qoʻpollik, besoʻnaqaylik va mushaklardagi taranglik yoʻqoladi. Otlar bilan davolash odamning ruhiy holati uchun ham foydali. Otda oʻtirgan odam koʻplab ijobiy hislarni oladi. Sustlik va vahima yoʻqoladi, bemor ancha mustaqil boʻladi va bu zararlangan asab aloqalarini tiklashga hamda asab tolalari impulsini oʻtkazishda kompensator vosita shakllanishiga zamin yaratadi.

Unikal terapevtik vaziyat hayvonlar bilan boʻladigan emotsional aloqalar hamda bemor oʻzining barcha jismoniy va ruhiy kuchlarini ishlatishga majbur boʻladigan holatlar asosida yaraladi.

bizning 
aloqalarimiz
Manzili:
Oʻzbekiston Respublikasi, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumani, Humson posyolkasi
Savollaringiz bormi — bizga yozing!

Mamnuniyat bilan barcha savollaringizga javob beramiz!