Topchanlarda dam olish
Sanatoriy hududida mehmonlar uchun 25ta topchanlar taqdim etilgan, ularning koʻpchiligi “Ugam” daryosi qirgʻogʻida joylashgan. Bu yerda mehmonlar qulayligi uchun yozgi oshxona, kiyinish va dush xonalari mavjud.
Favvora yonidagi topchanlar ham vaqtni qulay oʻtkazish uchun barcha kerakli narsalar bilan jihozlangan. Sport maydonchalariga yaqin joylashuv kunni faol va sermazmun oʻtkazishga yordam beradi. Topchanlar bogʻ qoʻynida joylashgan, bu yerda togʻ “Ugam” daryosining jarangi ham eshitilib turadi.