Ovqatlanish tizimi HUMSON BULOQ’da
HUMSON BULOQ sanatoriya-kurort majmuasida mehmonlar uchun muvozanatli va foydali kompleks ovqatlanish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Taomnoma sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash, organizmni tiklash va umumiy farovonlikni oshirishga qaratilgan.
Nonushta — shved stoli (08:00 – 09:30)
Tongda mehmonlar uchun boy va xilma-xil shved stoli taqdim etiladi. Unda:
-
sut va sut mahsulotlari
-
yangi (barra) sabzavotlar
-
pishiriqlar
-
go‘sht mahsulotlari
Shuningdek, sutli bo‘tqa, choy va qahva alohida tarzda tortiladi.
Fito-bar (10:00 – 12:00)
Kun davomida organizmni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fito-barda:
-
shifobaxsh tog‘ o‘simlik choylari
-
kislorodli kokteyllar
taqdim etiladi.
Tushlik (13:00 – 14:30)
Tushlik mehmonlarga tayyor set menyu asosida tortiladi. Har bir taom muvozanatli tarkibga ega bo‘lib, organizmni tiklash va energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Poldnik (16:00 – 18:00)
Kunning ikkinchi yarmida mehmonlar uchun yengil va foydali poldnik taqdim etiladi.
Kechki ovqat (18:00 – 19:30)
Kechki ovqat ham set menyu asosida beriladi. Taomlar yengil, sog‘lom va kun davomida olingan energiyani to‘g‘ri to‘ldirishga qaratilgan.