Kottejlar
Kottejlar vaqtni toza havoda oʻtkazishni istagan doʻstlar bilan dam olish yoki oilaviy hordiq uchun ideal mos keladi. Ikkinchi qavatda joylashgan keng terrasa yoki ayvon sizga ajoyib manzaradan bahramand boʻlishga imkon beradi. Bu yerda vaqtingizni ertalabki qahva va choy ichib oʻtkazishingiz, tongi quyoshning mayin nurlaridan bahramand boʻlishingiz va quyosh botishini tomosha qilishingiz mumkin. Keng mehmonxonada oilangiz bilan qiziqarli film tomosha qilishingiz, bolalar esa boshqa xonalarda oʻz ishlari bilan shugʻullanishlari mumkin. Ham ajratilgan, ham biriktirilgan qulay karavotlar, dush xonasiga ega keng sanuzel va vaqtni birgalikda oʻtkazish uchun mehmonxona bor.
Kottejlarda quyidagilar mavjud:
- katta ikki kishili karavotga ega yotoqxona
- ikkita ajratilgan bir kishili karavotga ega yotoqxona
- mehmonxona
- konditsionerlash tizimi
- 42 LED televizor
- dush xonasi
- sochiqlar toʻplami
- shaxsiy gigiyena uchun toʻplam (shampun, sovun, dush uchun gel, shaxsiy gigiyenaning boshqa vositalari)
- fen
- choy va qahva tayyorlash uchun toʻplam
- mini bar (kola, fanta, 0,5 litrli gazsiz yoki gazli suv, choy, qahva)
Majmuaning butun hududida Wi-Fi ishlaydi.
Xonalar har kuni tozalanadi, choyshablar har 3 kunda almashtiriladi yoki soʻrov asosida almashtirish ham mumkin. Shuningdek, mehmonlar kir yuvish xizmatidan ham foydalanishlari mumkin.